Arteta jarohatidan tiklanayotgan Dyokeresh haqida fikr bildirdi
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa forvardi Viktor Dyokereshning tiklanishi haqida gapirdi.
«Menimcha, u haqiqatan ham yaxshi davrni boshdan kechirdi, keyin jarohat oldi va hozir qaytdi. Ammo so‘nggi ikki o‘yinda uning o‘yinida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim. Biz uning harakatlarini to‘g‘rilashda davom etishimiz va ma’lum vaziyatlarda uni yaxshiroq tushunishimiz kerak va u ham shunday qilishi kerak. Biz uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz,» – deya Artetaning so‘zlarini keltiradi «Arsenal» matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Dyokeresh APL doirasida «Byornli»ga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat olib, deyarli butun noyabr oyini o‘tkazib yubordi.
Reabilitasiyadan so‘ng, shved hali «kanonirlar» safida raqib darvozasiga gol ura olmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
