Arteta jarohat olgan futbolchialr haqida ma’lumot berdi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohat olgan himoyachi Ben Uayt va hujumchi Kay Xaversning ahvoli haqida gapirdi.
Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, Uayt shanba kungi APL 25-turi doirasidagi “Lester”ga qarshi o‘yingacha to‘liq tiklanadi.
Xaversning jarohatiga kelsak, Artetaning so‘zlariga ko‘ra, bu tom ma’noda kutilmaganda sodir bo‘lgan, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Murabbiy, shuningdek, Bukayo Sakaning tiklanishi haqida gapirishga hali erta ekanligini, chunki bu erta bosqichda ekanligini qo‘shimcha qildi.
Arteta jamoasi 50 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/