Xoland Karrager ustidan hazil qildi
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland avvalroq «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni tanqid qilgan va mersisaydliklar ustozi Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashganini aytgan futbolchining xatti-harakatini sharmandalik deb atagan futbol mutaxassisi Jeymi Karrager ustidan kuldi.
«Ux, studiyada Jeymi Karragerni ko‘rganimda asabiylashishni boshlayman», – dedi Xoland Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusida.
«Men himoyachi sifatida kimni tanlagan bo‘lardim: Ryudigernimi yoki Karragernimi? Menimcha, Ryudiger, chunki Karrager biroz muvozanatsiz», – deya Holandning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, Saloh APLning «Lids» bilan uchrashuvidan keyin bergan intervyusida ham uni aybdor qilishga urinishayotganini aytgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
