Kapello: «Markaziy hujumchilar? Qani ular?»

Madridning «Real,» «Yuventus» va Rossiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Fabio Kapello Italiyadagi transfer bozoridagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

«Markaziy hujumchilar? Qani ular? Hal qiluvchi rol o‘ynaydiganlarni o‘z klublarida ushlab turishadi, agar bundaylar erkin foydalanishda bo‘lsa, ularni birinchi bo‘lib inglizlar, keyin ispanlar, keyin esa italyan klublari olib ketishadi.

Transfer bozoridan tashqari, barchasi murabbiyning taktik rejalariga bog‘liq. Bunday holda, uning o‘yin tasavvuriga mos keladigan o‘yinchi kerak. Yoki shunchaki gol uradigan odam. Bu yerda adashish mumkin emas. Futbol – oddiy mavzu: hujumchilar gol urishi, darvozabonlar esa seyvlar amalga oshirishi kerak», – deya Kapelloning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter