«Arsenal» futbolchilari kecha juda ko‘p sariq kartochka oldi

Angliya Premyer-ligasi 13-turida London derbisi bo‘lib o‘tdi. «Chelsi» o‘z maydonida peshqadam «Arsenal» bilan durang o‘ynadi – 1:1.

Ushbu o‘yinda «aristokratlar» markaziy yarim himoyachisi Moyses Kaysedo to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan bo‘lsa, «kanonirlar»ning naq 6 nafar futbolchisi o‘yin davomida sariq kartochka oldi.

«Arsenal» futbolchilari avvalgi 12 turda jami 12 ta ogohlantirish olgan bo‘lsa, kechaning o‘zida 6 ta sariq kartochka bilan jazolanishdi.

Hozirda «to‘pchilar» 30 ochko bilan turnir jadvalida yetakchi. «Manchester Siti» 25 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter