Xarri Keyn «Arsenal»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat sababini aytdi
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 5-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.
«Bu og‘ir o‘yin bo‘ldi, biz bundan boshidanoq xabardor edik. Birinchi taymda yaxshi kurash bo‘ldi, o‘yin ham ancha teng kechdi. Ikkinchi bo‘limda esa energiya va intensivligimizni yo‘qotdik, juda ko‘p yakkakurashlarda yutqazdik. Bu mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatimiz. Tushkunlikka tushishga hojat yo‘q, ammo xulosalarni albatta chiqaramiz.
Raqib birinchi va ikkinchi to‘plar uchun kurashda ustun keldi. Standartlar — bu borada ular xavfli ekanini bilardik. Ishonchim komilki, Chempionlar Ligasining keyingi bosqichlarida yana «Arsenal» bilan to‘qnash kelamiz. Ular maydon bo‘ylab personal ta’qibni amalga oshirishdi. Aytganimdek, bu holda haddan tashqari xavotirga o‘rin yo‘q. Biz «Chelsi», «PSJ» va «Arsenal»ga qarshi safarda o‘ynadik. Va o‘yinlarning ko‘pini g‘alaba bilan yakunladik», — deya Keyinning so‘zlarini BBC keltiradi.
Hozirgi vaqtda «Arsenal» 15 ochko bilan Chempionlar Ligasi turnir jadvalida yakka liderga aylangan. Jamoa «PSJ», «Bavariya», «Inter» va «Real»dan 3 ochkodan oldinda bormoqda.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
