Runi Angliya terma jamoasiga ishonmoqda

Mashhur sobiq futbolchi Ueyn Runi Angliya terma jamoasining Yevropa chempioni bo‘lish imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Angliya Yevro-2024da g‘alaba qozonishi mumkin. O‘ylaymanki, boshqa jamoalar ayni damda Angliyaga nisbatan biroz ehtiyot bo‘lishni boshlashdi. Oldingi turnirlarda raqiblar Angliya terma jamoasi yaxshi ekanini ko‘rishgan, lekin hech qachon bunday qo‘rquv bo‘lmagan. Hozir Angliyaga nisbatan qo‘rquv bor», – deya Runi so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

2024 yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichida Angliyaning raqiblari Serbiya, Daniya va Sloveniya bo‘ladi. Germaniyadagi turnir 14 iyunda boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter