Vardini Italiyada tunab ketishdi
«Kremoneze» hujumchisi Jeymi Vardi talonchilik qurboni bo‘ldi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Vardining Salodagi villasi yakshanba kuni A Seriya doirasidagi «Kremoneze» – «Roma» (3:1) uchrashuvi vaqtida jinoyatchilar to‘dasi tomonidan talon-taroj qilingan. Kamida uch nafar bosqinchi futbolchining uyiga derazadan kirib, soat, zargarlik buyumlari va pullarni o‘g‘irlagan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, talonchilikdan ko‘rilgan zarar taxminan 100 ming yevroga baholanmoqda. Hozirda voqea karabinyorlar tomonidan tergov qilinmoqda – tergov versiyasiga ko‘ra, to‘da Vardi va uning oilasining harakatlarini kuzatib borgan va uy qo‘riqchisiz qolayotganini bilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
