SPL. «An-Nasr» yirik hisobda «Al-Xalij»ni taslim qildi

Saudiya Arabistoni chempionatining 9-turida «An-Nasr» o‘z maydonida «Al-Xalij»ni mag‘lub etdi – 4:1.

Mezbonlar safida Joau Feliks va Uesli birinchi bo‘limda gol muallifi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda Sadio Mane va Krishtianu Ronaldu tabloga o‘z ismini yozdirib qo‘ydi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Premyer-ligasining joriy mavsumida 10-golini urdi.

Mehmonlar safida yagona gol Murod Al-Xavsaui hisobiga yozildi.

«An-Nasr» qatorasiga 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 27 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Al-Xalij» 14 ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter