«Inter» o‘z yulduzi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazadi
Milanning «Inter» klubi yarim himoyachi Xakan Chalxano‘g‘li bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.
«Neradzurrilar» vakillari Rojdestvo arafasida 31 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashuv o‘tkazadi, deya xabar bermoqda FcInterNews. Taxminlarga ko‘ra, klub turkiyalik xavbekka maoshini qisqartirgan holda shartnomani 2028 yilgacha uzaytirishni taklif qiladi.
Xakan Chalxono‘g‘lining amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi Kristian Kivu jamoasi safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2021 yildan beri «Inter» sharafini himoya qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
