Onana «Manchester Yunayted»ga qaytmoqchi
Turkiyaning «Trabzonspor» klubida ijara asosida to‘p tepayotgan darvozabon Andre Onana yana «Manchester Yunayted»ga qaytishga umid qilmoqda.
Kamerunlik futbolchi joriy mavsum boshida «qizil iblislar» safini tark etdi, uning o‘rnini esa Senne Lammens egalladi. Taxminlarga ko‘ra, mankunianlar belgiyalikni uzoq yillar davomida «birinchi raqamli» deb bilishadi, ammo Onana taslim bo‘lmaydi. The i Paper Sport xabariga ko‘ra, 29 yoshli darvozabon kelasi yili ijaradan qaytgach, «MYU»ning asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashmoqchi.
«Trabzonspor» safida sakkizta o‘yinda Andre Onana yettita gol o‘tkazib yubordi va uch marta darvozani daxlsiz saqlab qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
