«MYU» Onana borasida bir qarorga keldi

Hozirda «Trabzonspor»da ijarada o‘ynayotgan darvozabon Andre Onana «Manchester Yunayted»ning rejalarida yo‘q.

Turkiya klubi kamerunlik futbolchini sentyabr oyida ijaraga olgan edi. Shartnoma joriy mavsum oxirigacha amal qiladi va uni sotib olish imkoniyatini o‘z ichiga olmaydi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «qizil iblislar» darvozabonni keyingi mavsumda tarkibga qaytarishni rejalashtirmayapti.

«Manchester Yunayted» yangi darvozabon Senne Lammensdan mamnun va Onana qo‘yib yuborilishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter