Anri «Arsenal»ning «Tottenxem»ga qarshi o‘yinidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi

«Arsenal»ning afsonaviy sobiq hujumchisi Tyerri Anri «Tottenxem» bilan bo‘ladigan derbi haqida fikr bildirdi.

«Kanonirlar»ning «shporlar»ga qarshi uy uchrashuvi yakshanba kuni Premyer-liganing 12-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

«Avvallari xalqaro tanaffusdan so‘ng darhol qiyin o‘yinlarni o‘tkazishni yoqtirmasdim. Yaxshiyamki, «Arsenal» ham tarkibida terma jamoalar ixtiyoriga ketgan futbolchilar ko‘p bo‘lgan jamoa bilan to‘qnash kelmoqda. Bu Shimoliy London derbisi, keskinlik haddan ziyod bo‘ladi va «Arsenal»ga hali safarda yutqazmagan klub raqiblik qiladi.

Ishonchim komilki, barcha o‘yinchilar tayyor bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda maydonda nima qilish kerakligini yana bir bor eslatish shart emas», – deya Anrining so‘zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter