Fransiya futbol federasiyasi Zidan bo‘yicha shoshilmaydi
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda, deya xabar berdi insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, federasiya Deshamga hurmatni saqlagan holda Zidan bilan hozircha hech qanday shartnoma imzolagani yo‘q.
Terma jamoa rahbariyati bor e’tiborini JCH-2026’ga qaratgan. Shundan so‘ng yakuniy qaror qabul qilinadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
