Azar: «Zidan qilgan har bir narsa oxir-oqibat muvaffaqiyat keltiradi»

«Real»ning sobiq futbolchisi Eden Azar Angliya terma jamoasida ehtimoliy Zinedin Zidanning boshqaruvini baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik mutaxassis keyingi yilning yozida Yevropa chempionatidan so‘ng o‘z lavozimini tark etishi mumkin bo‘lgan Garet Sautgeytning o‘rnini egallashi ko‘rib chiqilayotgandi.

“Zidan Angliya terma jamoasidami? Albatta, u muvaffaqiyatga qodir. Zinedin qilgan har bir narsa oxir-oqibat muvaffaqiyat keltiradi», – dedi Azar. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter