Amorim Reshfordni «hech qachon» qaytarmaydi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim bo‘lib qolar ekan, «Barselona» vingeri Markus Reshford jamoaga qaytmasligi aniq.
28 yoshli futbolchi Kataloniya klubida ijarada o‘zini yorqin ko‘rsatmoqda, ammo «qizil iblislar»ning portugaliyalik ustozi o‘z so‘zida qat’iy turibdi: Diario Sport xabariga ko‘ra, Amorim «hech qanday sharoitda» Reshfordni «Manchester Yunayted» tarkibiga qaytarmoqchi emas. Shu tariqa, agar «Barsa» sotib olishdan bosh tortsa, ingliz kelasi yozda yangi klub qidirishiga to‘g‘ri keladi.
Markus Reshford «ko‘k-anorranglilar» safida 16 ta o‘yinda 6 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
