Messi JCHni o‘tkazib yuborishi mumkin
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining bo‘lajak Jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi savolga aniq javob bera olmadi.
38 yoshli «Inter Mayami» futbolchisi milliy terma jamoa bilan birga mundialga bormasligi mumkinligi aytildi.
Jurnalistlar «Albiceleste» murabbiyiga ham shu savolni berishdi, ammo hech qanday aniq ma’lumot olishmadi.
«Messi 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘ynaydimi? Bilmayman», – deya Skalonining so‘zlarini keltiradi AlbicelesteTalk.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
