Argentina bosh murabbiyi jarimaga tortildi va diskvalifikasiya qilindi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa Amerika kubogi doirasida Chiliga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limiga kechikib chiqqani uchun jazolandi. Skaloni bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va 15 ming dollar jarimaga tortildi. «TyC Sport» bu haqida ma’lumot berdi.
Pablo Aymar Peruga qarshi bo‘lajak o‘yinda bosh murabbiy sifatida ishlaydi.
Aytish joizki, Argentina terma jamoasi Amerika kubogining pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Lionel Skaloni shogirdlari turnirda Kanada (2:0) va Chili (1:0) termalarini mag‘lub etishdi.
Argentina terma jamoasi Amerika kubogida chempionlikni himoya qilmoqda. So‘nggi turning finalida «Albiseleste» Braziliyani mag‘lub etgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/