Pedri Yamalning «aql bovar qilmaydigan» sifatini aytdi
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Lamin – aql bovar qilmaydigan. Uning yoshida kamdan-kam odam bunga qodir. U juda yetuk inson va odamlar uning shaxsiy hayotini muhokama qilishsa ham, u hech qachon adashmaydi. U bor-yo‘g‘i 18 yoshda bo‘lsa-da, tabiiyki, bu bosimning barchasiga dosh bera oladi,» – deydi intervyuda 22 yoshli xavbek.
Joriy mavsumda Lamin Yamal Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 11ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
