Pedri: «Aql bovar qilmaydi»

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Pedri Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Selta»ga (4:3) qarshi o‘yindagi g‘alaba haqida gapirdi.

«Ha, «Barselona!» Aql bovar qilmaydi. Telbalarcha qo‘lga kiritilgan uch ochko. Maqsadimizga erishmagunimizcha to‘xtamaymiz,» – deb yozadi xavbek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

«Ko‘k-anorranglilar» 73 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Xans-Diter Flik shogirdlari 2-o‘rindagi «Real»ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter