«Liverpul» Konatega so‘nggi taklif bilan chiqdi

«Liverpul» rahbariyati himoyachi Ibrohima Konatega shartnomani uzaytirish bo‘yicha so‘nggi taklifni berdi. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Konate mehnat shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lsa, «Liverpul»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, himoyachiga Madridning «Real» klubi faol qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli fransuz barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Konatening mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter