«PSJ» «Liverpul» futbolchisini sotib olmoqchi
«PSJ» yozda o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, Liga 1 giganti «Liverpul» himoyachisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Parijliklar amaldagi shartnomasi 2026-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan Ibrahima Konatega qiziqish bildirmoqda.
«Liverpul» «PSJ»ning Konatega qiziqishidan xabardor va u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha keyingi muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. «Qizillar» Konate bilan kelishuvga erisha olmasa, yozda sotilishi mumkin.
Transfermarkt 25 yoshli Konateni 60 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/