Keyn «Bavariya»da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Keyn yana «Bavariya»da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Hujumchi Harri Keyn ketma-ket ikkinchi marta «Bavariya»da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

32 yoshli angliyalik hujumchi oktyabr oyida Myunxen klubi safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Muxlislar ovoz berishida Xarri 23,9 foiz ovoz to‘plab, Lennart Karl (20,6 foiz) va Konrad Laymerni (19,4 foiz) ortda qoldirdi.

Keyn sentyabr oyida ham mukofotni qo‘lga kiritgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter