«Bavariya»ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Klub sayti talqiniga ko‘ra, birinchi marta hujumchi Xarri Keyn «Bavariya»da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
30 yoshli futbolchi muxlislar ovoziga ko‘ra oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 48 foiz to‘p olib, Leroy Sane (20 foiz) va Sven Ulrayxni (11 foiz) ortda qoldirdi.
O‘tgan oy Keyn 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/