«Manchester Siti» hamda «Barselona» bir futbolchi uchun kurashadi

«Manchester Siti» Italiyadan futbolchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, «Udineze» yarim himoyachisi Artur Atta «shaharliklar» radarida turibdi. 22 yoshli fransiyalik bu mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z vazifasini maydonda yaxshi uddalamoqda.

Qishki transferlar oynasi Arturga Angliya tomon yo‘l ochishi mumkin. Atta ayni damda 30 million yevroga baholanmoqda. Unga «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirgani aytiladi.

Manba: newsnow.co.uk

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter