«Real» Vinisiusga Mbappening maoshini bermaydi

Madridning «Real» klubi va Vinisius Junior moliyaviy masalada murosaga kela olmayapti. Braziliyalik futbolchining talablari o‘sha-o‘sha – u jamoadoshi Kilian Mbappe bilan bir xil maosh olmoqchi. Shunga qaramay, Transfer News Live nashrining Sport nashriga tayanib xabar berishicha, «qaymoqranglilar» rahbariyati bu talabni qondirish niyatida emas.

25 yoshli vingerning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, hozirda Vinisius «Real»da haftasiga 400 ming yevro atrofida maosh oladi, Mbappe esa 600 ming atrofida. Braziliyalik yulduzning amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter