Ernandes katta klublarda o‘ynashni xohlaydi

«Deportivo»ning yorqin yulduzi Yeremay Ernandes katta klublarda o‘ynash orzusi haqida gapirdi. 

22 yoshli vinger La Liganing 13 ta o‘yinida to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

«Menga Ispaniya ligasi, o‘z ligamiz juda yoqadi. Menga katta jamoalar, «Barsa» va «Madrid»da harakat qilish manzur keladi, ular eng yaxshi jamoalar va men bir kun kelib ulardan birida o‘ynashni juda xohlayman», dedi futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter