“Barselona” “Borussiya D” futbolchisini nishonga oldi
Kataloniyaning “Barselona” klubi qishki transfer oynasida “Borussiya Dortmund” himoyachisi Nikolas Shlotterbekni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. E-Noticies nashrining xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida jiddiy ish olib bormoqda.
Hozirda “Barselona”ning markaziy himoyasida Pau Kubarsi va Erik Garsiya harakat qilmoqda. Biroq jamoa so‘nggi o‘yinlarda ko‘p gol o‘tkazib yuborgani bois, rahbariyat Kubarsiga tajribaliroq sherik topish zarurligini hisobga olgan.
25 yoshli Shlotterbek “Barselona” talablariga to‘liq javob beradi. Kataloniyaliklar nemis futbolchisining o‘yinini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Klub rahbariyati himoyachi uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor. Ayniqsa, jamoani hozirda germaniyalik mutaxassis Hansi-Diter Flik boshqarayotgani transferni amalga oshish ehtimolini oshiradi.
Ma’lumot uchun, Shlotterbek joriy mavsum “Borussiya Dortmund” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Manba: daryo.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
