“Borussiya” himoyachisi yangi yilgacha o‘ylab ko‘rmoqchi

Myunxenning “Bavariya” klubi Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni sotib olish ustida ish boshladi. 

Bild nashrining yangilangan xabariga ko‘ra, Myunxen klubi vakillari allaqachon 25 yoshli futbolchi bilan bog‘lanib, unga qiziqish bildirishgan.

Boshqa Yevropa gigantlari ham vaziyatni kuzatmoqda. «Borussiya» Shlotterbek bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda, biroq futbolchi qaror qabul qilish uchun yangi yilni kutadi. Nemis himoyachisining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter