Slot: «Manchester Siti» bizdan yaqqol ustun edi»
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasi 11-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga (0:3) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Birinchi bo‘lim biz uchun juda qiyin kechdi. Bu yerga kelganingizda deyarli har doim shuni kutasiz – raqib faol bosim o‘tkazdi. Bizda katta qiyinchiliklar bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ular bizdan yaxshiroq ekanligi ko‘rinib turdi,» – dedi o‘yindan keyin Slot.
«Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va jamoa APL turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. «Man Siti» esa g‘alabadan so‘ng 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
