«Atletiko» «Arsenal»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng o‘zini tiklab oldi
«Atletiko» «Arsenal»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng qatorasiga 4 g‘alabaga erishdi.
Bugun Diyego Simeone jamoasi La Liganing 12-turida «Levante»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bungacha madridliklar «Betis» (2:0), «Sevilya» (3:0) va «Yunion»ni (3:1) taslim qilgandi.
«Matraschilar» so‘nggi marta 21 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (0:4) mag‘lubiyatga uchragandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
