«Borussiya» bosh direktori: «Bavariya»ning yevrokuboklarda Germaniya sharafini yorqin himoya qilayotganidan xursand bo‘lishimiz kerak»

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske «Bavariya»ning Chempionlar ligasidagi ishtirokini baholadi.

Myunxenliklar umumiy bosqich 4-turida «PSJ» mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Bu hayrat va zavqlanishning qorishmasi edi. Birinchi bo‘lim – men umuman so‘nggi yillarda ko‘rgan eng yaxshi bo‘limlardan biri. Albatta, keyinchalik birgina xato bilan o‘zingizni o‘yindan chiqarib yuborishingiz mumkin. Oxirida hammasi biroz taranglashdi.

Parijda g‘alaba qozonish – biz ham bunga ikki yil oldin Dortmundning «Borussiya»si bilan erishgandik. Ammo birinchi bo‘limdayoq bu qadar ishonchli tarzda g‘alaba qozonish, shunday bayonot berish – «Bavariya»ning buyuk o‘yini edi.

«Bavariya» kabi klub xalqaro maydonda Bundesliga sharafini yorqin himoya qilayotganidan xursand bo‘lishimiz kerak. Mamlakat ichida esa chempionatda biroz intriga paydo bo‘lsa, zo‘r bo‘lardi. Ammo bu «Bavariya»ga qarshi, hozirgi holatida bu qiyin», – dedi Vatske.

Vatske noyabr oyi oxirida «Borussiya» bosh direktori lavozimini tark etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter