Bayer: «Muxlislarni xursand qilish uchun katta motivasiyaga egaman»

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Maksimilian Bayer «Xoffenxaym»dan «aslarilar» lageriga o‘tgani haqida fikr bildirdi.

«Borussiya» matbuot xizmati yosh hujumchining transferi haqida 12 avgust oqshomida ma’lum qildi. «Men faoliyatimdagi navbatdagi katta qadamni intiqlik bilan kutyapman.

«Borussiya» bilan suhbatlarda birinchi daqiqalardanoq ular meni qanchalik xohlashlarini his qildim va menda darhol ajoyib tuyg‘u paydo bo‘ldi.

Men endi Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan birida o‘ynay olishimdan faxrlanaman va o‘yinni boshlash va muxlislarni xursand qilish uchun katta motivasiyaga egaman.

Klubning va mening maqsadlarim bir: biz chempionlikni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Buning uchun bor kuchimni sarflayman», – dedi Bayer «Borussiya» matbuot xizmatiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter