«Manchester Yunayted» «Tottenxem»ga qarshi o‘yin oldidan yarim himoyachisini yo‘qotdi
«Manchester Yunayted» xavbeki Kobbi Maynu Angliya premyer-ligasining navbatdagi turida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
20 yoshli futbolchi mashg‘ulot paytida og‘riqli zarba oldi. Biroq, tez orada o‘yinchi safga qaytishi kerakb – uning jarohati jiddiy emas.
«Manchester Yunayted»ning «Tottenxem»ga qarshi safar uchrashuvi shanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Kobbi Maynu joriy mavsumda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
