Romano Maynuning «Manchester Yunayted»dagi holati haqida ma’lumot berdi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istasa-da, jamoada keskin muhit yaratmayapti. «Qizil iblislar» tarbiyalanuvchisi bor kuchi bilan mashq qilishda davom etmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining YouTube-kanalidagi videoda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi qishki transferlar oynasi ochilishiga qadar tez-tez maydonga tusha boshlamasa, jamoani tark etishni istashi ehtimoli bor. Mankunianliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim Maynu «Manchester Yunayted»da qolishini istamoqda.
Joriy mavsumda Maynu barcha musobaqalarda oltita o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/