Romano Levandovskining «Barselona»dagi kelajagi haqida ma’lumot berdi

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski qishki transfer oynasida klubni tark etishi dargumon. Mish-mishlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempionati vakillari yulduz polyakni yanvar oyidayoq o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi, ammo bunday ssenariy bo‘lishi dargumon.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi qishda ketmoqchi emas va mavsumni «Barsa»da yakunlamoqchi.

Shu bilan birga, katta ehtimol bilan, futbolchi keyingi yozda Kataloniya grandi safini erkin agent sifatida tark etadi, deya ta’kidlaydi manba.

Joriy mavsumda 37 yoshli Levandovski Hans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 11ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter