Taniqli figurali uchuvchi Kamila Valiyeva Yevropa chempioni unvonidan mahrum qilindi
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyevani 2022 yilgi Yevropa chempionatining oltin medalidan rasman mahrum qildi.
Bu Shveysariya Federal sudining sportchining diskvalifikasiyasini rad etishidan keyin sodir bo‘ldi. Shunday qilib, boshqa bir rossiyalik sportchi — Anna Sherbakova Yevropa chempioni deb topildi. Ikkinchi o‘rin Aleksandra Ignatova (Trusova)ga, bronza esa belgiyalik Luna Xendriksga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempioni unvoni dastlab, rossiyalik Kamila Valiyevaga tegishli edi, ammo u dopingga qarshi qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilgandan so‘ng, uning natijalari bekor qilindi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
