Kamila Valiyevaning oltin medali olib qo‘yiladigan bo‘ldi
Figurali uchish bo‘yicha rossiyalik Olimpiada chempioni Kamila Valiyeva doping sabab to‘rt yilga diskvalifikasiya qilingandi.
Uning 2022 yilda Pekin Olimpiadasida topshirgan doping testidan taqiqlangan trimetazidin moddasi topilgan.
Shu tariqa, uning Pekin Olimpiadasida jamoaviy bahslarda qo‘lga kiritgan oltin medali olib qo‘yiladi. Rossiya terma jamoasi safidagi boshqa sportchilar borasidagi yakuniy qarorni XOQ qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kamila Valiyeva 2022 yilgi Qishki Olimpiadada jamoaviy bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Yakkalikda esa u to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/