Fonseka: «Haqiqiy sinovni kutyapman»

«Lion» bosh murabbiyi Paulo Fonseka Yevropa Ligasi doirasida «Real Betis»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida fikr bildirdi.

O‘yin 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

«Biz bilamizki, «Betis» ko‘plab yaxshi o‘yinchilarga ega jamoa, ularning barchasi individual jihatdan kuchli.

Antoni eng yaxshilaridan biri, ammo boshqalar ham bor. Ularda ajoyib murabbiy bor, ular juda yaxshi o‘ynamoqda va mavsumni yaxshi boshlashdi.

Men haqiqiy sinovni kutyapman», – deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi «Lion» rasmiy sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter