Estevao ketma-ket 3-o‘yinda gol urdi
Estevao «Chelsi» safida ketma-ket uchinchi o‘yinda gol urdi.
18 yoshli hujumchi Chempionlar ligasi doirasida «Qorabog‘»ga qarshi o‘yinning (2:2) 16-daqiqasida hisobni ochdi.
Avvalgi ikki o‘yinda braziliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushgan – «Ayaks» va «Vulverxempton» bilan o‘yinlarda ham gol urgan.
Shuningdek, Estevao 18 yoshdan oshmagan holda Chempionlar ligasida ketma-ket ikkita o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgan Lotin Amerikasidan bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
