Xoland: «Mening almashtirilishim? Pepdan so‘rang»
                                            
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasining 10-turida «Bornmut»ga qarshi o‘yinda (3:1) almashtirilgani haqida hazil qildi. Jamoalar Manchesterdagi «Etihad» stadionida o‘ynashdi. Entoni Teylor hakamlik qildi.
«Almashtirish? Bu haqda Pepdan so‘rashingiz kerak… Menimcha, ba’zi fantaziyachilar mening almashtirilganimdan unchalik xursand bo‘lishmagan!» – dedi Xoland Sky Sports bilan suhbatda.
Erling Xoland «Bornmut» darvozasiga ikkita gol urdi va 82-daqiqada almashtirildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
                    