Xoland Ispaniyani zabt etmoqchi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland La Ligada o‘ynash uchun klubni tark etishi mumkin.

TBR Football nashri jurnalisti Grem Beylining ma’lum qilishicha, 25 yoshli norvegiyalikning navbatdagi ulkan maqsadi Ispaniya chempionatini zabt etishdir. Hozirda Xoland Angliyani tark etishga shoshilmayapti, chunki u «shaharliklar» bilan APL va Chempionlar ligasi chempionligini qo‘lga kiritmoqchi. O‘z terma jamoasi bilan esa 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olmoqchi.

2025/26 yilgi mavsumda Erling Xoland «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. U klub safida 152 ta o‘yinda 131 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Qayd etilishicha, Xoland «Real» yoki «Barselona»da o‘ynashni orzu qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter