Flik Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing yakshanba kungi «Elche»ga qarshi o‘yini oldidan Lamin Yamalning holati haqida gapirdi.
18 yoshli futbolchi yaqinda jarohatini davolab safga qaytgan bo‘lsa-da, hamon chov sohasida noqulaylik sezmoqda.
«Laminning hozir ahvoli yaxshi, u yaxshi sport formasida. Albatta, og‘riq sezgan kunlari ham bo‘ladi, lekin ahvoli yaxshilanishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. O‘ylaymanki, so‘nggi paytlarda biroz siljish bo‘ldi. Bu borada hozircha aytishim mumkin bo‘lgan gap shu,» – dedi Flik o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.
«Barselona»ning «Elche»ga qarshi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
