«PSJ»da jamoadan ketmoqchi bo‘lgan himoyachi bo‘yicha qaror qabul qilindi
«Pari Sen-Jermen» markaziy himoyachisi Lukas Beraldo joriy mavsumda klubni tark etishi dargumon.
21 yoshli futbolchi Luis Enrike jamoasidagi rolidan qoniqmayapti, shu bois qishki transferlar vaqtida muhitni o‘zgartirmoqchi. Le10 Sport xabariga ko‘ra, «PSJ» braziliyalikni yanvarda qo‘yib yubormoqchi emas. Qayd etilishicha, agar kutilmagan hodisa yuz bermasa, klub hech kimni o‘z safiga qo‘shib olmaydi.
Lukas Beraldo joriy mavsum 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt saytida futbolchining taxminiy narxi 25 mln yevro, uning fransuz grandi bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
