Ispaniyalik futbolchi uchun kurashga yana bir ingliz klubi qo‘shildi

HITS xabariga ko‘ra, Karlos Soler yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida «Pari Sen-Jermen» bilan xayrlashishi kutilmoqda.

Ispaniyalik yarim himoyachi «Arsenal» va «Tottenxem»ga taklif qilingan, «Aston Villa» esa uni qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Soler «PSJ» safida 62 o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsada, bu o‘yinlarning aksariyatida zaxiradan maydonga tushgan.

Soler o‘zining asosiy jamoasidagi o‘rnini mustahkamlay olmadi va joriy mavsum Liga 1da bor-yo‘g‘i 11ta o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

«PSJ» yozda o‘z tarkibiga bir qancha o‘zgarishlar kiritishi kutilmoqda. Luis Enrike yuqori saviyadagi o‘yinchilarni qo‘lga kiritish orqali Yevropa sahnasida muvaffaqiyat qozonish uchun harakat qiladi va bu ro‘yxatda Solerga joy yo‘q. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter