Amorim Daychga javob qaytardi
 
                                            
Ruben Amorim Shon Daychning o‘zi haqida aytilgan fikrlariga javob berdi.
«Nottingem Forest»ning hozirgi murabbiyi may oyida shunday degan edi: «Amorim tezda g‘alaba yo‘liga tushib olishi kerak.
Menimcha, agar men u yerga borib, o‘z tizimimni joriy qilganimda, biz ko‘proq g‘alaba qozongan bo‘lar edik.
Shunchaki 4-4-2, o‘yinchilarga asosiy shunga moslashtiring. Unda yaxshi o‘yinchilar bor, ularga ko‘p narsani o‘rgatishning ma’nosi yo‘q».
«Men har doim ko‘p vaqt talab qiladigan o‘yin uslubim borligini aytganman, ammo kelajakda bu yaxshilanadi. Shuning uchun biz aniq bilmaymiz.
U o‘yinni tomosha qilish, u haqida gapirish boshqa narsa, jamoaga murabbiylik qilish esa butunlay boshqa narsa ekanligini tushunishi kerak», dedi Amorim.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
 
                    