Yildiz Pogbaning rekordini takrorladi
 
                                            
«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz Pol Pogbaning rekordini takrorladi.
Turkiyalik futbolchi A Seriyada «Udineze» 3:1 hisobida mag‘lub etilgan bahsda gol urdi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Yildiz endi Turin klubi safida A Seriyada 11 ta golga ega va bu bilan Yildiz klubning 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari uchun rekordni takrorladi.
Ilgari bu rekord Pol Pogbaga tegishli edi. Kenanning fransuz futbolchisidan o‘tib ketish uchun ko‘p vaqti bor, chunki u 21 yoshini may oyida qarshilaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
 
                    