«Chelsi» «Yuventus» hujumchisi Yildiz bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda

Londonning «Chelsi» klubi «Yuventus» forvardi Kenan Yildizning transferini qo‘lga kiritish uchun yangi taklif tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar 20 yoshli turk hujumchisi bo‘yicha muzokaralarni qaytadan boshlamoqchi. Shu bilan birga, futbolchiga «Barselona» ham qiziqish bildirgan. Yevropaning yirik klublari qiziqishi ortib borayotganini inobatga olgan holda, «byankoneri» Yildizni Turinda saqlab qolishni istamoqda. Klub hozirda yangi shartnoma borasida o‘yinchining otasi — uning agenti bilan muzokara olib bormoqda.

Joriy mavsumda turkiyalik hujumchi «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kenan Yildizning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 75 million yevroga teng.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter