«Barsa» yarim himoyachisi jiddiy jarohat olgan vaqtini esladi

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal jarohat olgan vaqtini esladi. Yosh futbolchi – o‘shanda u 17 yoshda edi – o‘tgan mavsum startida «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibiga kirdi, ammo uchinchi o‘yindayoq xochsimon bog‘lami uzilishi tufayli safdan chiqdi. Qayta tiklanish taxminan bir yil davom etdi.

«O‘sha kecha juda og‘ir bo‘ldi. Men tizzamda nimadir qarsillaganini eshitdim va qimirlay olmadim – jarohat jiddiy ekanligi darhol ma’lum bo‘ldi. Avvaliga ruhiy jihatdan qiyin bo‘ldi, ammo jamoadoshlarim va murabbiylar shtabi o‘zimni jamoaning bir qismi sifatida his qilishda davom etishim uchun hamma narsani qilishdi. Bu juda katta yordam berdi,» – deya Bernalning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Joriy mavsumda 18 yoshli himoyachi «Barsa» safida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter