«Barselona» yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi
«Barselona» klubi o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Dushanba kuni Mark Bernal 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Bernal «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Mark «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi safida beshta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda yosh havbek sherigiga bitta samarali uzatma amalga oshirdi.
«Barselona» La Liga peshqadami bo‘lib turibdi – Xans-Diter Flik jamoasi 7 turda 19 ochko to‘plagan. «Ko‘k-anorranglilar» navbatdagi o‘yinni 1 oktyabr, chorshanba kuni o‘z maydonida «PSJ»ga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/